Institutda navbatdagi davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 11-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Hasanov Otabek Abdurashidovich bilan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursi tinglovchilari «Bugungi kunda zamonaviy rahbar qiyofasi» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida tinglovchilar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlar olishdi.

O`qishni davom ettirish

Institutning 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursi tinlovchilari uchun «Teatrda bir kun» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi

Yoshlar o‘rtasida ma’naviyatini yuksaltirish, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 22-aprel kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri bilan hamkorlikda 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursi tinglovchilari uchun «Teatrda bir kun» ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.  

O`qishni davom ettirish

Yoshlar tadbirkorligi va bisnesini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha: Buyuk Britaniya

🔰Bayes biznes maktabi yoshlarni biznes va tadbirkorlikka o’qitish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, jamoada ishlash ko’nikmalarini shaklllantirishga qaratilgan – ‘Near-peer’ mentorlik dasturini ommalashtirishni nazarda tutuvchi loyihasini ma’lum qildi. ✅ Bunda maktab ma’muriyati mamlakatdagi ta’lim tashkilotlari va muassasalari bilan o’zaro hamkorlikda ushbu dasturni yanada rivojlantirish va joriy etish masalasi ko’rib chiqilayotganini bildirgan. ✅Yana bir muhim jihati, mazkur…

O`qishni davom ettirish

2023-2024 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligi ma’sul xodimlari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori siyosiy fanlar doktori professor Jalilov Aktam Tashnazarovich hamda tashkilot…

O`qishni davom ettirish

E’lon!

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Strategik kuch” xalqaro-ilmiy jurnaliga 2023-yil 3-soni uchun maqolalar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz. Jurnalga yoshlarning dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi. Xususan, davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlaridagi yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarga oid davlat…

O`qishni davom ettirish

«Strategik kuch» Xalqaro-ilmiy jurnalining yangi soni

«Strategik kuch» Xalqaro-ilmiy jurnalining 2023 yil 2-soni taqdim etilmoqda. Jurnalda Yoshlarga oid davlat siyosati, ularning bugungi kundagi muammolari, zamonaviy O’zbekistonda huquqni muhofaza qilish organi bilan jamoatchilik nazorati hamda oilada huquqbuzarliklarning tahlili va shunga o’hshash dolzarb mavzulardagi maqolalar yoritilgan.   Batafsil tanishish uchun: Strategik kuch jurnali-2

O`qishni davom ettirish

Joriy yilning 19-20 sentabr kunlari o‘tkazilgan suhbat imtihonidan lavhalar

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2022-2023 o’quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursida o’qish istagida bo’lgan nomzodlar o’rtasida joriy yilning 19-20 sentabr kunlari suhbat imtihonlari o’tkazildi. Suhbat imtihoniga 08-sentabr kuni BMB (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o’tkazilgan test sinovlarida 49,5 ball va undan…

O`qishni davom ettirish