Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida akademik hamjamiyat uchun muhim voqea – doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

 

Yosh olimlar uchun maydon

Yig‘ilish davomida yosh tadqiqotchilar o‘z izlanishlari natijalarini taqdim etdilar. Muhokama izlanuvchilarga nafaqat o‘z yutuqlarini namoyish etish, balki yetakchi ekspertlardan qimmatli tavsiyalar olish imkonini ham berdi.

 

Yig‘ilish yakunlari

Muhokama natijalariga ko‘ra, izlanuvchilarning ishlari ijobiy baholanib, kiritilgan tuzatishlarni inobatga olgan holda himoyaning navbatdagi bosqichiga tavsiya etildi. Ekspertlar taqdimot materiallarining yuqori darajada tayyorlanganini hamda yosh olimlarning mavzuni ishonchli egallaganliklarini alohida ta’kidladilar.

 

Fikr bildirish