Uslubiy ta’minotni muvofiqlashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-sonli qaror bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan.

Bo‘lim o‘z faoliyatini yuqorida qayd etilgan qaror va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Institut Ustavi hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,  qarorlari va farmoyishlariga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Yoshlar ishlari agentligi direktorining Institut faoliyatiga doir buyruq va farmoyishlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengashining qarorlariga, mazkur Nizomga hamda Institut direktorining buyruq va farmoyishlariga amal qiladi.

Bo‘limning asosiy maqsadi. Institut uslubiy ta’minot ishlarini rejalashtirish, istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uslubiy bazasini shakllantirish, o‘quv rejalar, dasturlar, uslubiy qo‘llanmalar hamda multimediya mahsulotlarini ishlab chiqish hamda estudy.dba.uz masofaviy ta’lim portaliga joylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini o‘rganish, mahnaviy va mahrifiy tadbirlar o‘tkazish, shu asosda uslubiy ta’minot ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Vazifalari:

-Institutda amalga oshiriladigan ilmiy, o’quv va tahliliy tadqiqotlar hamda o’quv jarayonini uslubiy jihatdan tahminotini amalga oshiradi;

-kafedra, bo’limlarda amalga oshirilayotgan ilmiy, o’quv, tahliliy tadqiqotlarning uslubiy jihatdan Institut maqsad va vazifalariga mosligini nazorat qiladi;

-Institutning asosiy faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar va yosh rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uslubiy tahminot bazasini shakllantiradi;

-istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli o’quv kurslari uchun mo’ljallangan o’quv dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi;

-Institut kafedralari bilan hamkorlikda istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli o’quv kurslari uchun mo’ljallangan o’quv uslubiy majmualarni shakllantiradi;

-Institut kafedralari bilan hamkorlikda istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli o’quv kurslari uchun mo’ljallangan o’quv dasturlari, o’quv uslubiy majmualar, mahruza matnlari, videodarslar hamda keys topshiriqlarini masofaviy tahlim portalida joylashtirishni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

-o’quv dasturlari, o’quv-metodik, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratish maqsadida doimiy va muddatli ijodiy guruh, ilmiy-amaliy jamoalar tashkil etadi hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

-Institut tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilishning asosiy talablarini ishlab chiqadi;

-ilmiy bo’lim bilan birgalikda o’quv jarayonining uslubiy bazasini shakllantirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, test materiallarini yangilash, modernizatsiya qilish va joriy etish, bosma mahsulotlarni manfaatdor hududiy o’quv markazlariga tarqatishni muvofiqlashtiradi;

-Institut o’quv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida yangi, interfaol pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, masofaviy tahlim portalida joylashtirilgan mahlumotlarni yangilab borish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

-o’quv jarayonida qo’llaniladigan badiiy va hujjatli filg‘mlar hamda boshqa mulg‘timedia mahsulotlarining bazasini shakllantiradi;

-uslubiy tahminot faoliyati bo’yicha hisobotni yuritadi.

BO‘LIM TARKIBI:

 

Bo‘lim boshlig’i – Sirojidinov Tolib Muxtorovich

E-mail:tolib82@inbox.ru

 

 

Bosh mutaxassis- Abulxayev Umid Baxtiyorovich

E-mail: umidnur66@gmail.com

 

 

Bosh mutaxassis- Tojiyev Fazliddin Hayitmurod o’g’li

E-mail: tojiyevfazliddin1995@gmail.com

 

 

 

Yetakchi mutaxassis- Muҳammadyusupova Mohisitora Muhammadilhom qizi

E-mail: mohis1405@gmail.com