Vazifalari:

-yoshlar muammolarini o’rganish bo’yicha ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish va ular yakuni bo’yicha axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlash;

-yoshlar muammolari bazasini shakllantirib borish;

-yoshlar muammolarini o’rganish va ularni hal etishda xorijning ilg’or usullarini joriy qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

-bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

-yoshlar muammolarini o’rganish masalasida aloqalarni rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

-yoshlar muammolarini o’rganishga oid mavzular bo’yicha mahalliy

va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etish;

-respublika va xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilish.

-Institutning Yoshlar indeksini monitoring qilish va Yoshlar rivojlanishini strategik tahlil qilish bo’limlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Funksiyalari:

-yoshlar muammolarini o’rganish bo’yicha sotsiologik, tahliliy va ilmiy uslublarni qo’llagan holda ijtimoiy tadqiqotlar amalga oshirish;

-yoshlarning dolzarb muammolariga bag’ishlangan tahliliy materiallar tayyorlash hamda ularning amaliy yechimiga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;

-yoshlar muammolarini hal etish sohasida ilg’or xorijiy tajribani o’rganish va shu asosda Respublikada yoshlarga oid siyosatni yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha takliflar ishlab chikish;

-respublikada va xorijda ruy berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish va axborot daydjestlar tayyorlash, Institut rahbariyatini doim xabardor qilish;

-hududlar va tarmoqlar kesimida yoshlar muammolarini o’rganish, muammolar bazasini shakllantirish va ularni bartaraf etish bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqish;

-bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

-Institutning tahliliy faoliyati doirasida boshqa vazirlik, idoralar va tashkilotlarning tegishli bo’limlari bilan aloqalar olib borish;

-Respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bag’ishlangan konferentsiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

-dolzarb masalalar bo’yicha tadqiqot yo’nalishlarini aniqlash maqsadida bo’limlar bilan muhokamalar o’tkazish hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

-hamkorlik uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalarini aniqlash hamda ular bilan tegishli aloqalar o’rnatish;

-respublika va xalqaro ilmiy grantlarda ishtirok etish bo’yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va ularni Ilmiy bo’limga taqdim etish;

-Institut tinglovchilari bilan turli mavzularda axborot-tahliliy materiallar tayyorlash orqali ularning analitik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish.

BO‘LIM TARKIBI:

 

 

Bosh mutaxassisi – Duturayev Shohruh Muhammadnabiyevich

E-mail: duturayev@gmail.com

 

 

Yetakchi mutaxassis – Sayfulloyev Ahmad Qurbonovich

E-mail: ahmadjonqurbonovich818@gmail.com

Tel.: +998 71 232 61 29, E-mail: tahlil@yomi.uz