Umumiy qoidalar

  1. Kengash Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) faoliyatiga taalluqli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun Institut direktori – Kengash raisining rahbarligida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
  2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi raisi buyruqlari, Institut Ustavi va mazkur Nizomga amal qiladi.
  3. Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, masalalarni erkin muhokama qilish, kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
  4. Kengash tarkibiga direktor o‘rinbosari, ilmiy kotib, kafedra mudiri, bo‘lim boshliqlari, xodimlar, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.
  5. Kengash tarkibi Institut direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har bir kalendar yilining boshida, shuningdek, turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga yangi a’zolar saylanadi yoki Nizom bo‘yicha kiri

 

Kengashning maqsad va vazifalari

  1. Maqsadi: Institut jamoasi sa’y-harakatlari va intellektual salohiyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga yo‘naltirish. Shuningdek, ilmiy-tadqiqotlar asosida yoshlar muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
  2. Vazifalari:
    • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqish hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilash;
    • Ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qilish hamda tegishli qarorlar qabul qilish;
    • Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan taqdimnomalarni muhokama qilish, professor-o‘qituvchilar tanlovlarini o‘tkazish va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish;
    • Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya qilish hamda lozim hollarda darslik va o‘quv qo‘llanmalarga nashr grifini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashiga tavsiya etish masalasini muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish;
    • Tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilarning doktorlik dissertatsiyalari mavzularini muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish;
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida tinglovchilarning ilmiy-ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishga joylashtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish choralarini ko‘rish hamda sport-sog‘lomlashtirish bazalarini barpo etish masalalarini o‘rganish va tegishli qarorlar qabul qilish;
    • Institutning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish, yangi kafedra va bo‘limlar tashkil qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
    • Institut tinglovchilari va xodimlarining texnika xavfsizligi hamda mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilash.

 

Kengashning vakolatlari

  1. Kengash vakolatiga quyidagilar kiradi:
    • O‘quv rejalari va dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tavsiyalarini inobatga olgan holda tasdiqlash;
    • Professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun o‘quv yuklamalari normativini (o‘quv soatlari hajmini) tasdiqlash, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni rag‘batlantirish shakllarini ishlab chiqish;
    • Tinglovchilarning malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibini tasdiqlash;
    • O‘quv jarayonining yakuniy natijalari uchun attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
    • Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilishning asosiy talablarini tasdiqlash;
    • Institut bo‘limlari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;
    • Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tartibi hamda Institut xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlarini tasdiqlash;
    • Qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshir
  2. Kengash kollegial muhokama qilishni talab etadigan, Institut faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi va hal qilishi mumkin.
  3. Kengash qarorlari Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda Institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari, xodimlari va tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

 

Kengash raisining majburiyatlari

Kengash raisi:

  1. Institut Ustaviga muvofiq Kengash faoliyatini tashkil etadi, uning majlislarini olib boradi, Kengash a’zolari o‘rtasida vazifalar va topshiriqlarni taqsimlaydi;
  2. Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
  3. Kengashning navbatdagi va navbatdan tashqari majlislarini o‘tkazish kuni, vaqti va joyini belgilaydi;
  4. Kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarning jamoatchilik asosida muhokama qilinishi va ularning hal etilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
  5. Kengash majlisi kun tartibiga Kengash ish rejasida nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa zarur masalalarni ham kiritadi;
  6. Kengash faoliyati va u tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
  7. Institut Ustaviga muvofiq Kengash faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalarni hal qiladi.