4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, oliy ma’lumotli hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislari hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2023-yil 01-avgustga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma (Institutga o‘qishga tavsiya etishda nomzodlarning o‘ziga va ularning hujjatlariga nisbatan qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat tavsiya etayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.);

– Namunaviy tavsiyanoma
Yuklab olish Yuklab olish

2. Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
– Ariza
Yuklab olish Yuklab olish

3. Soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);

4. Oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);

5. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji 2 yilga toʻlgan boʻlishi lozim);

6. 3,5 x 4,5 sm. oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat;

7. Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi.

Hujjatlarga nomzodning ish faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishilgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.

Qabul toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining www.yomi.uz saytidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: +99871 232-61-31.