Xalqaro ilmiy va analitik hamkorlikni rivojlantirish doirasida Yaponiyaning TOYO universiteti prezidenti, doktor Etsuko Yaguchi boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi bo’lib o’tdi. Yapon delegatsiyasi tarkibidan, shuningdek, universitetning yana ikki nafar vakili Nami Hirahata va Makiko Lida o’rin oldi.

Yaponiyalik mutaxassislar tashrifining asosiy maqsadi O’zbekistonning o’ziga xos fuqarolik jamiyati instituti bo’lmish mahalla tizimini hamda mahalliy darajada yoshlar bilan ishlashda zamonaviy tahliliy usullarni qo’llash tajribasini atroflicha o’rganishdan iborat bo’ldi.


Цитата Tashrif dasturi doirasida xorijiy mehmonlar «Oltinko’l» mahalla fuqarolar yig’inida (MFY) bo’lib, mahalla institutining faoliyati, yoshlar yetakchilari ishi hamda aholini manzilli qo’llab-quvvatlash bo’yicha yaratilgan tizim bilan amalda tanishdilar.

Dasturning davomi O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida bo’lib o’tdi. Institut vakillari xorijiy mehmonlarga respublika bo’ylab mahallalar kesimida yoshlar bilan olib borilayotgan kompleks tadqiqotlar va tahliliy ishlar tizimini taqdim etdilar.


Цитата Uchrashuv davomida institut tomonidan o’tkazilayotgan ijtimoiy va amaliy tadqiqotlar, yoshlarning ehtiyojlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish mahalla fuqarolar yig’inlari darajasida amaliy yechimlarni ishlab chiqish uchun axborot va analitik baza bo’lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Doktor Etsuko Yaguchi O’zbekistonning joylarda yoshlar bilan ishlash modeliga yuqori baho berdi va mahalla tizimida ijtimoiy rivojlanishni ilmiy tahlil qilishning muhimligini alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar tajriba almashishni davom ettirish hamda qo’shma akademik va ijtimoiy-tahliliy tadqiqotlarni o’tkazishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Fikr bildirish