O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik asoslari fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari 2022-yil 18-mart kuni  Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat test markazi binosida  bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot to’ldirilmoqda!!!
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.

Mo‘ljal: Metroning Bodomzor bekati (xaritadan ko’rish)

Nomzodlar (ro‘yxat ilova qilinadi)  1-smena soat 09:00da yuqorida ko‘rsatilgan manzilga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishlari talab etiladi.

Eslatma: Test sinovlari boshlanishidan 30 daqiqa avval barcha nomzodlar test topshirish hududida bo‘lishlari zarur. Belgilangan vaqtda yetib kelmagan nomzodlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 71 232-61-31, 90 185-75-93, 97 714-85-25.