Vazifalari:

-yoshlar muammolari va loyihalarini strategik tahlil qilish orqali prognozlar ishlab chiqadi;

-yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha kontseptsiya, strategiya va sxemalar ishlab chiqadi;

-Bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

-yoshlar oid davlat siyosatini strategik rejalashtirish yo’nalishida Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

-yoshlar oid davlat siyosatini strategik rejalashtirish bo’yicha mahalliy va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etadi.

Funktsiyalari:

-tadqiqotlar va o’rganishlar davomida aniqlangan yoshlar muammolarini hamda taklif etilayotgan yoshlarga oid loyihalarni chuqur tahlil qilish orqali prognozlarni ishlab chiqish;

-yoshlarga oid kontseptsiya, strategiya, sxemalar va turli tahliliy infografikalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etilishini o’rganib borish;

-yoshlar muammolarini strategik hal etish bo’yicha xorijiy tajribani o’rganib borish;

-respublikada va xorijda ro’y berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish;

-bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

-respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bag’ishlangan konferentsiya, seminar, davra suhbatlari
va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.