Joriy yilning 20-aprel kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Ilmiy va xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari hamda tayanch doktorantlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

 

Tashrif davomida tadqiqotchilar zamonaviy ko’rgazma formatlari orqali tariximizning oltin sahifalari, ilm-fan va madaniyatning noyob muhitiga sho’ng’ish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Interaktiv namoyishlar va boy eksponatlar yosh olimlarda boy madaniy merosimizni zamonaviy yondashuvlar asosida tadqiq etishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

 

 

Mazkur tadbir nafaqat bilim almashish, balki yosh kadrlarning ma’naviy va intellektual dunyoqarashini boyitishda muhim qadam bo‘ldi.

Fikr bildirish