21-aprel kuni “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida muhim voqelik — “MDH innovatsion sanoat forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.




Institutimiz tadqiqotchilari va ekspertlari uchun forumning ustuvor yo‘nalishlari:
➡Sanoat va ta’lim integratsiyasida yangi metodologiyalarni qo‘llash;
➡Istiqbolli kadrlarning texnologik transfer jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish;
➡Sun’iy intellekt davrida yosh mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash.


Tadbir davomida erishilgan kelishuvlar institutimizning yosh kadrlar bazasini xalqaro standartlar asosida boyitish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

