“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Yoshlar birlashmalari va yoshlar bilan ishlash komissiyalari raislari uchun “Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida yoshlar birlashmalari faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida 5 kunlik malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

 

Seminar doirasida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti doktoranti Zafar Arslonov tomonidan “Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati: islohotlar va kelajak strategiyasi” mavzusida mazmunli mashg‘ulot o‘tkazildi.

Seminarda davomida sohadagi dolzarb masalalar, yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullari va samarali mexanizmlar atroflicha muhokama qilindi.

 

Mazkur seminar ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish