O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Nagoya universiteti prezidenti Naoshi Sugiyama bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, professor Aktam Jalilov ishtirok etdi.



Uchrashuvning asosiy natijalari:
Ilmiy muloqot: Professor A.Jalilov Yaponiyaning “Chōnaikai” va “Jichikai” modellari misolida mahalladagi ijtimoiy birdamlik va yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha qiyosiy-ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Strategik hamkorlik: Nagoya universiteti bilan istiqbolli kadrlarni tayyorlash va yoshlar siyosatini ilmiy tahlil qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishildi.
Istiqbol: 2026-yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi tuzilmalar va Institutimiz o‘rtasida tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Mazkur muloqot O‘zbekistonning mahalla institutini global ilmiy maydonga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
