Yoshlar muammolarini órganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash insitutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim, xususan tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul imtihonlari boshlandi.
Bugun, 21 noyabr kuni 19.00.05 -» Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» ixtisosligiga talabgorlar uchun imtihon bòlib òtmoqda. Shuningdek, 22 noyabr kuni 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» ixtisosligi bòyicha, 23 noyabr kuni 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar» ixtisosligi bòyicha qabul imtihonlari bòlib òtishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish