Joriy yilning 22 noyabr kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida “Global o‘zgarishlar sharoitida zamonaviy yoshlar: muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Respublikamizning turli ilmiy tadqiqot va taʼlim tashkilotlarida soha mutaxassislari hamda professorlar ishtirok etib yoshlarni oilaga tayyorlashning pedagogik-psixologik masalalari, Yangi O‘zbekistonda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, zamonaviy yoshlarning huquqiy muammolari yuzasidan fikr va mulohazalarini bo‘lishishdi.
Konferensiya yakunida mutaxassislar ushbu sohada hamkorlikni davom ettirish va islohotlar samaradorligini oshirishda birgalikda harakat qilishga kelishib olishdi.