✅Joriy yilning 10-14 noyabr kunlari Xitoyning Lyanyungan shahrida “Bir makоn, bir yoʻl” boʻyidagi shaharlarda yoshlarni rivojlantirish boʻyicha ikkinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi, unda “Bir makon, bir yoʻl” mamlakatlari uchun yangi loyihalar (taʼlim, fan, talabalar jamoasi, fermerlik, bandlik, tadbirkorlik va boshqalar) muhokama qilindi.
“Bir makon, bir yo‘l bo‘yidagi davlatlarning yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi anjumanda “Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti kafedrasi mudiri, ss.f.f.d. Zarina Luxmanova ishtirok etdi.

✅Konferensiya oktabr oyida Pekin shahrida yuqori saviyada o‘tkazilgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining o‘ziga xos mantiqiy davomi bo‘lib, unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ishtirok etib, “Xitoy bizning asosiy strategik hamkorimiz”, degan edi.
Keyingi yillarda yoshlar siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari faollashib, hamkorlikning prinsipial yangi bosqichiga chiqdi.

 

Konferensiya video rolik

Fikr bildirish