💡Joriy yilning 28 yanvar kuni Yoshlar muammolarini oʼrgansh va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tayanch doktorntlar va mustaqil izlanuvchilar uchun xalqaro tajribaga ega mutaxassis O.Karaeva tomonidan tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi boʼyicha uch soatlik ilmiy seminar oʼtkazildi.
📚 Seminar davomida tadqiqot muammosini shakllantirish va asoslash, tadqiqot obʼekti va predmetini aniqlash, maqsad vavazifalarini belgilash, gipotezalarni shakllantirish, maʼlumotlarni yigʼish hamda tadqiqotni olib borish usullari borasida dolzarb va foydali maʼlumotlar yetkazildi.
Tinglovchilar tadqiqotlar olib borish usullari, samarali natijaga erishish xamda ijtimoiy surovnamalarning turlari va ularni amaliyotta qay tarzda qoʼllash kabi bir qancha savollar borasida maʼruzachi tomon yuzlandilar. Ushbu savollarga javoblar qizgʼin bahs-munozaralar orkali doktorantlarga yetkazildi.

Fikr bildirish