Bugungi raqamlashuv va shiddatli rivojlanish asrida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti zamon bilan hamnafas odimlab, mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tahliliy va akademik markazlardan biri sifatida oʻz pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda.
Muassasaning akademik nufuzi va tashkiliy salohiyati oshishida Institut direktori – siyosatshunos olim Aktam Jalilov Tashnazarovichning alohida oʻrni va hissasi bor. Uning rahbarligida institut taʼlim jarayoniga ilgʻor xalqaro standartlar va innovatsion yondashuvlarni faol tatbiq etmoqda.
Sunʼiy intellekt asridagi yangicha pedagogik konsepsiya
Aktam Jalilov tomonidan ilgari surilgan va xalqaro akademik hamjamiyatda eʼtirof etilgan “AI Redirection” (Sunʼiy intellektni toʻgʻri yoʻnaltirish) konsepsiyasi zamonaviy taʼlimda katta burilish yasadi. Olimning yondashuviga koʻra, taʼlimda sunʼiy intellektni shunchaki taqiqlash emas, balki undan foydalangan holda talabalarning tanqidiy fikrlashi, mustaqil tahlil va shaxsiy kognitiv harakatlarini rivojlantirish lozim.
Ushbu konsepsiya va «Autentik baholash» metodologiyasi aks etgan “From AI Detection to AI Redirection: Preserving Cognitive Effort Through Authentic Assessment” nomli ilmiy ish Asia Academic Forum 2026 xalqaro anjumani dasturiga kiritilib, DOI indeksi bilan nashr etildi.

Xalqaro maydondagi eʼtirof
Institut rahbariyati tomonidan Yaponiyaning yetakchi akademik muassasalari (Nagoya universiteti, BMT Universiteti) bilan yoʻlga qoʻyilgan strategik hamkorlik va Tokioda oʻtkazilgan xalqaro anjumanlar muassasamizning global miqyosdagi nufuzidan dalolat beradi.
Siyosatshunos olim Aqtam Jalilov boshchiligida Institutimiz innovatsion pedagogika, chuqur ijtimoiy-siyosiy tahlil hamda yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash boʻyicha bayroqdor muassasa sifatida rivojlanishda davom etmoqda.

