Toshkentda ulkan xalqaro tadbirlar — Yoshlar qurultoyi hamda BMT Modeli formatidagi “Yoshlar tinchlik tarafdori” (Youth for Peace) konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqot maydoni global kun tartibini muhokama qilish hamda tinchlik madaniyatini mustahkamlash maqsadida g‘ayratli yosh yetakchilar, ko‘ngilli tashkilotlar va xalqaro tuzilmalar vakillarini bir joyga jamladi.

 

Diplomatik muzokaralarning faol qatnashchilaridan biri — Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti doktoranti Amirbek Urakov Kanada nomidan so‘zga chiqdi. U barqaror rivojlanishning asosiy jihatlari hamda yoshlar diplomatiyasining mohiyatiga alohida e’tibor qaratdi:

  • Shaharsozlik davrida madaniy merosni asrab-avaylash: Amirbek Urakov shaharlarning jadal o‘sishi tarixiy xotiraga zarar yetkazmasligi kerakligini ta’kidladi. Moddiy va nomoddiy merosni faol himoya qiluvchi Kanada tajribasi misolida, u ushbu muvozanatning jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston uchun ham o‘ta muhimligini qayd etdi.
  • “Tinchlik” tushunchasini qayta anglash: Tadqiqotchining fikricha, tinchlik o‘zaro hamjihatlik va murosa yo‘lini topish qobiliyatiga asoslanadi. “Youth for Peace” konferensiyasi ushbu ko‘nikmalarni amalda charxlash uchun qulay maydonga aylandi.
  • Tashabbuslarning amaliy ahamiyati: Doktorant ushbu anjuman oddiy simulyatsiya doirasidan chiqganiga e’tibor qaratdi: delegatlar mehnatining yakuni sifatida dolzarb global muammolarning amaliy yechimlarini o‘z ichiga olgan rezoluyutsiya imzolandi.

 

Fikr bildirish