YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga
QABUL EʼLON QILADI
Talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Talabgorlar 2025 yil 5 oktyabrdan 5 noyabrga qadar https://daraja.ilmiy.uz/ veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Hujjatlar Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Ilmiy va xalqaro aʼloqalar bo‘limi tomonidan joriy yilning 5 noyabrigacha Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi, 45-uyda (mo‘ljal: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosi, 10-qavati) qabul qilinadi.
Eslatma: tanlovda ishtirok etish tartiblari, topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.
