Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligi ma’sul xodimlari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori siyosiy fanlar doktori professor Jalilov Aktam Tashnazarovich hamda tashkilot va idora vakillari ishtirok etishdi.

Ustozlar yoshlarga doimo yangiliklarga intilib yashashga va zamon bilan hamnafas bo‘lishlariga tilak bildirishdi.