Vazifalari:
– yoshlar sohasida tadqiqotlarni tashkil etish, tizimli muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etib borish;
– yoshlar muammolarini o‘rganish, istiqbolli yo‘nalishlarni oldindan belgilash hamda sohada ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
– yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish;
– davlat va nodavlat tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, yuritish va tahlil qilish;
– “Yoshlar murojaati” elektron platformasiga kelib tushgan murojaatlarning tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi va hal etilishi bo‘yicha tizimli monitoring yuritish;
– yoshlarga oid davlat siyosatining joylarda amalga oshirilishi samaradorligini o‘rganish oshirish;
– tahlillar natijasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ishlab chiqilgan takliflarni joylarda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini monitoring qilish;
– Bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
– yoshlar indeksi yo‘nalishida Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish buyicha takliflar ishlab chiqish;
– mahalliy va xalqaro ilmiy grantlarda ishtirok etish.
Funksiyalari:
– mutasaddi idora va tashkilotlardan tegishli statistik ko‘rsatkichlarni olish;
– mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan statistik ko‘rsatkichlarni qayta tekshirish va joylarda holatni chuqur o‘rganish maqsadida tadqiqotlar olib borish;
– joylardagi vazirlik, idora va tashkilotlarning qo‘yi bo‘g‘inlarining yoshlarga oid faoliyatini yaqindan o‘rganib, ularga baho berish va ish faoliyatini samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish;
– Internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar, ko‘tarilgan muammolarni tahlil qilib borish;
– yoshlar muammolarini hal etish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib borish;
– respublikada va xorijda ro‘y berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish;
– bo’lim faoliyatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
– respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bag‘ishlangan konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
– yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga, Institut direktoriga, direktor o‘rinbosariga va Ilmiy kengashga hisobot berish;
– bo’lim tahliliy faoliyatni amalga oshirish doirasida Institut rahbariyati tomonidan bo’lim zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
BO‘LIM TARKIBI:
Tel: (+998 71) 232-61-28 , E-mail:monitoring@yomi.uz.