Joriy yilning 11–13-iyun kunlari Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar yo‘nalishi xodimlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Soongsil universiteti bilan uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar yakunida Institut va universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, akademik hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.


Shuningdek, delegatsiya Koreya Respublikasining ilg‘or IT kompaniyalaridan biri –»metaontech.com» vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, yoshlar salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha maslahat va ekspert ko‘magini yo‘lga qo‘yish hamda Koreya tajribasini o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Mazkur xizmat safari Institutning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlar siyosati sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

