O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursida o’qish uchun tanlov asosida qabul qilinadi.
Talablar:
— oliy ma’lumotga ega bo’lish;
— 30 yoshdan oshmagan;
— kamida ikki yillik ish stajiga ega;
— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimga ega;
— mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish lozim.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat.
I – bosqich: DTM tomonidan O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlari bo‘yicha nomzodlarning bilimini aniqlashga qaratilgan test sinovlari.
II – bosqich: Suhbat (yetakchilik qobiliyati va dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan)
Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:
- Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma (Institutga o‘qishga tavsiya etishda nomzodlarning o‘ziga va ularning hujjatlariga nisbatan qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat tavsiya etayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.)
- Institut direktori nomiga yozilgan ariza
- So‘rovnoma, ma’lumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda)
- Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi)
- Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji kamida
2 yil bo‘lishi lozim) - 3,5*4,5 hajmdagi fotosurat (4 dona)
- Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi