Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida navbatdagi tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlarini (BMI) himoya qilish jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.


Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi doirasida tashkil etilgan ushbu himoyalarda tinglovchilar o‘zlarining yakuniy ishlarini taqdim etdilar. O‘quv jarayonida orttirilgan nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlangan ushbu loyihalar bevosita mamlakatimizda yoshlar siyosatini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish va sohadagi dolzarb muammolarning yechimlariga bag’ishlandi.

Himoya jarayonida maxsus tuzilgan malaka komissiyasi a’zolari tinglovchilarning mavzu yuzasidan qilgan ma’ruzalarini tinglab, ularning taqdimotlari ва amaliy takliflarini yuqori baholadilar. Tinglovchilar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar kelgusida sohadagi samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

