Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida Mustaqil izlanuvchilarning kirish imtixonlari bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 4-mart kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutida 3 ta ixtisoslikka Mustaqil izlanuvchilikka kirish suhbatlari tashkil etildi. Unda talabgorlar tanlagan yoʻnalishi, ilmiy ish mavzusi va bundan kutilayotgan natijalar, koʻzlangan maqsadlarga batafsil toʻxtalib oʻtishdi. Qabul komissiyasining qaroriga koʻra, suhbatdan oʻtgan talabgorlar shu kunni oʻzida eʼlon qilindi.    

O`qishni davom ettirish

BUGUN, 4-MART KUNI YOSHLAR MUAMMOLARINI O’RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI DIREKTORI, SIYOSIY FANLAR DOKTORI, PROFESSOR AKTAM JALILOV HAMDA YAPONIYANING NAGOYA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI PROFESSORI SARKAR ARANI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDILAR.

Bugun, 4-mart kuni Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov  hamda Yaponiyaning Nagoya universiteti Pedagogika fakulteti professori Sarkar Arani Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.       Mehmonlar institut rektori Feruza Madraximova bilan uchrashuvdan so‘ng, institutning professor-o’qituvchilari hamda doktorantlari uchun seminar tashkil etdilar. Seminar davomida Yaponiyaning…

O`qishni davom ettirish

Ilmiy- tadqiqot tashkilotlari,tahlil markazlari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 19-fevral kuni Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumni imzolashdan koʻzlangan asosiy maqsad — bu sohalarda qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish,…

O`qishni davom ettirish

Nagoya universitetida professor Аktam Jalilovning doktorlik dissertatsiyasi himoyasi boʼlib oʼtdi.

  Nagoya universitetining Taʼlim va Inson Taraqqiyoti Oliy maktabida Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori siyosiy fanlar doktori professor Аktam Jalilov, 2025 yil 30 yanvarda “Oʼzbekistonda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.  

O`qishni davom ettirish

1-kurs doktorantlarga seminar darslari o’tilmoqda

Institutimizning 1-bosqich doktorantlariga  malakali va ko’p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan seminar darslar o’tilmoqda va unda tadqiqotchilar dissertatsiya va maqolar yozish ,tezis shu kabi ilmiy faoliyatni boshlash kabi bilimlarni almashib borishmoqda.   “Har bir ishni,shu jumladan,ilmiy ishni sifatli bajarish uchun tadqiqotchi kasbiy malakaga ega bo’lishi lozim. Ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi mutaxassis izlanish obyekti,predmeti,tadbiq qilinadigan usullar,uslubiy…

O`qishni davom ettirish

Yoshlar yetakchilari: Xorijda

Rossiyada «Молодежный совет» (Yoshlar kengashlari), «Молодежный лидер» (Yoshlar yetakchisi) kabi faoliyat va lavozimlar mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha mahalliy jamoalarda yoshlar bilan ishlashga mas’ul etib belgilangan.   AQShda yoshlar yetakchiligiga oid tashkilotlar asosan nodavlat tashkilotlar va mahalliy jamoa asosida faoliyat yuritadi. Masalan, «Youth Councils» (Yoshlar Kengashlari) va «Community Leaders» (Jamoa yetakchilari) orqali yoshlar bilan ishlash yo‘lga…

O`qishni davom ettirish

Yoshlar yetakchilari forumi-2025″ loyihasida seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida mahalla yettiligi oldiga ko‘plab vazifalar qo‘yilgan edi. Ushbu vazifalarni mahalla yoshlar yetakchilariga yetkazish, ularning 2024-yil davomida erishgan natijalarini sarhisob qilish va istiqboldagi rejalarini belgilash maqsadida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida joriy yilning 9-14 yanvar kunlari mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun qisqa muddatli…

O`qishni davom ettirish