YOSHLARNI ISH BILAN TA’MINLASH: OKSFORD KAUNTI (KANADA)

Oksford Kauntida yoshlarga mahalliy sharoitda ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi kampaniya ish boshladi. Olti hafta mobaynida, yoshlar, ota-onalar, o’qituvchilar va boshqa Oksford jamoasi vakillari 5 ta bandlik sektorida mavjud ish o’rinlari yoritilgan video lavhalarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu video materiallar workinoxford.ca veb-saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi. Maktablar bundan o’quv dasturlarga qo’shimcha sifatida foydalanishlari…

O`qishni davom ettirish

IJTIMOIY ISH XODIMLARINI 4 OYLIK ONLAYN QAYTA TAYYORLASH KURSLARI YAKUNLANDI

Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi, O’zbekiston Milliy Universiteti va UNISEF bolalar jamg’armasi hamkorligida “O’zbekistonda ijtimoiy ish xodimlarini qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish xalqaro standartlari” loyihasi doirasida 4 oylik onlayn qayta tayyorlov kursi tashkil etildi. Kurs davomida tinglovchilar – vaziyatni baholash, ijtimoiy muammosi bor shaxslar va guruhlarda kambag’allik, zo’rovonlik,…

O`qishni davom ettirish

«ЖАСТАР ЖАЛЫНЫ-2021» YOSHLAR IJODI TANLOVI: NUR-SULTON (QOZOG’ISTON)

Nur-Sultonda «Жастар жалыны-2021» yoshlar ijodi tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov maqsadi – yoshlar siyosatining ustuvor vazifalarini amalga oshirish, talaba yoshlarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, estetik va axloqiy tarbiyasini takomillashtirishga qaratilgan. Tanlovda 29 yoshgacha bo’lgan poytaxt oliy o’quv yurtlari talabalari ishtirok etishi belgilangan. Tanlovda ishtirok etish talaba o’qiyotgan universitetning…

O`qishni davom ettirish

AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIK MAKTABI: ROSSIYA

Rossiya Federatsiyasining Vologda shahrida prezident grantlari asosida moliyalashtiriladigan an’anaviy hunarmandchilik maktabining ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha maqsadi – xalq amaliy va badiiy san’atini turli interaktiv dasturlar, ko’rgazmalar va mahorat darslari orqali aholiga yetkazish. Maktabda o’quvchilarga kulolchilik, savat to’qish, yog’och o’ymakorligi va shu kabi kasb-hunar turlari o’rgatiladi. O’quvlar joriy yilning oktyabr oyida boshlanib, keyingi yilning may oyiga qadar…

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNING TIK TOK DAN FOYDALANISHIDA CHEKLOVLAR: XITOY

Xitoyda 14 yoshgacha boʼlgan bolalarning Tik Tok dasturidan foydalanishiga boʼlgan vaqt cheklovi kunlik 40 daqiqani tashkil etadi. Yosh foydalanuvchilar ertalabki soat 6 dan kechgi 10 ga qadar ushbu dasturdan foydalanish huquqiga ega hisoblanadi. Oʼrnatilayotgan cheklovlar yoshlarning Internet qaramligini oldini olishgа qaratilgan. Hozirda 600 milliondan ortiq Xitoy aholisi ushbu dasturning faol foydalanuvchisi hisoblanadi.

O`qishni davom ettirish

OILAVIY ZO’RAVONLIKDAN JABRLANGAN YOSHLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH: PORTUGALIYA

Portugaliyada butun mamlakat bo’ylab 31 ta jamoa oilaviy zo’ravonlikdan jabrlangan bolalar va yoshlarga psixologik va psixoterapevtik yordam ko’rsatadilar. Jamoalar tarkibi aynan ushbu qatlam yoshlari bilan ishlash bo’yicha 67 nafar yangi psixolog-mutaxassislardan shakllangan. Ular yoshlarga maxsus psixologik va psixoterapevtik yordam ko’rsatadilar.

O`qishni davom ettirish

“ПОКОЛЕНИЕ ZОЖ” ONLAYN FORUMI: ROSSIYA

Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Rossiya tibbiyot volontyorlari “Demografiya” milliy loyihasi doirasida yangi avlod yoshlarining sog’lom turmush tarzi bo’yicha “Поколение ZОЖ” forumini tashkil etadi. Forumning maqsadi – yoshlarda sog’lom turmush tarzi madaniyatini yuksaltirish. Ushbu forumda tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari, sportchilar, bloggerlar yoshlarga onlayn munozaralar, treninglar va mahorat darslarini o’tishi rejalatirilgan.

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR DISKRIMINATSIYASI: QOZOG’ISTON

“Qozog’iston mehnat bozori bo’yicha birinchi milliy hisobot” mualliflari tomonidan Qozog’istonda yoshlarni yosh bo’yicha diskriminatsiyasi mavjud ekanligi ma’lum qilindi. Qozog’istonlik yoshlar duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida Mehnat resurslarini rivojlantirish markazining Strategiya va loyihaviy boshqaruv bo’limi boshlig’i Aleksandra Molchanovskaya ma’lum qildi: “Bugungi kunda jamiyatda yosh bo’yicha diskriminatsiyaning mavjudligi, sifatli ta’limning yo’qligi va pandemiya yoshlar holatini og’irlashtirmoqda”.

O`qishni davom ettirish

IQLIM O’ZGARISHLARI: TADQIQOT (BUYUK BRITANIYA)

Bat Universiteti tomonidan o’tkazilgan tadqiqotda 16-25 yoshdagi 10 mingga yaqin yoshlar qamrab olinib, ularning 60 foiziga yaqini iqlim o’zgarishlaridan xavotirda ekani ma’lum bo’lgan. Respondentlarnig 45 foizi bugungi iqlim o’zgarishlari ularning kundalik xayotiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlagan. Ushbu muammo sababli yoshlarning 75 foizi o’z kelajagidan havotirdaligini, yarimidan ko’pi esa (56%) insoniyat xavf ostida deb ta’kidlagan. Shuningdek, tadqiqotda…

O`qishni davom ettirish