TÖMER (turk tili) va AIL (italyan tili) sertifikatlari bekor qilindi. Ingliz tili bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxatida ham o‘zgarish bor

Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab turk tilini bilish boʻyicha TÖMER va italyan tilini bilish boʻyicha Accademia Italiana di Lingua (AIL) sertifikatlari magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar roʻyxatidan chiqarildi.

Endi talabgorlar magistraturaga hujjat topshirganda italyan tili boʻyicha Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) va Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) sertifikatlari, turk tili boʻyicha esa faqat Türkçe Yeterlik Sinavi (TYS) sertifikatini topshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, buyruq bilan ingliz tilini bilish boʻyicha mazkur roʻyxatga Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati oʻrniga International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus sertifikati kiritilgan.

Magistratura chet tili sertifikatlar

 

Fikr bildirish