O‘zbekiston milliy universiteti doktoranti, fransiyalik Anne-Charlotte Marcombe tomonidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadlarni tayyorlash instituti doktoratlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan treningda ilmiy maqola yozish usullari, mavzu tanlash, maqolalarni xorijiy jurnallarga berish bosqichlari va tartibi, shuningdek, ilmiy maqolalarni xorijiy jurnallarda chop ettirish uchun qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berish kerakligi haqida misollar orqali ma’lumot berildi.
Trening davomida doktarantlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan asosiy kamchiliklar ko‘rib chiqildi. Qiziqarli va foydali ma’lumotlarga boy bo‘lgan seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollaga javob oldi.