Joriy yilning 22 fevral sanasida Institutimiz tinglovchilari bilan “Toy Bola” brendi asoschisi Anvar Abduqayum ishtirokida davra-suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuv “Tanqidiy fikrlash, salbiy va ichki qarama-qarshi fikrlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, har bir rahbar faoliyatida tanqidiy tafakkur, mental tafakkur, kreativ tafakkur, o‘zini o‘zi tanqid qilish, deduksiya va induksiyaning ahamiyati haqida ish tajribasidan misollar orqali ochib berildi. Suhbat yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga artoflicha, hayot tajribasidan qiziqarli misollar orqali javoblar olindi.