Ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘limi Metodik ta’minot bo‘limi hamkorligida Institutning «Strategik kuch» xalqaro ilmiy jurnali nizomi reestrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, birinchi soni uchun maqolalar to‘planildi, tahrir qilindi va Institut saytida joylashtirildi. Jurnalning birinchi sonida Yangi O‘zbekiston yangi qiyofada, Ijtimoiy munosabatlarda mahallaning o‘rni, Oliy ta’lim va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi integratsion aloqalarni takomillashtirish muammolari, Inson kapitalini boshqarish: muammo va yechimlar, Yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligi, O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy-psixologik diagnostikasi va reabilitatsiyasi, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari orasida zo‘ravonlik holatlari (bulling)ning namoyon bo‘lish xususiyatlari va bunga sabab bo‘luvchi omillar deb nomlangan ilmiy maqolalar nashr etilgan.

 

Fikr bildirish