2022-yil 4-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2021-2022 o‘quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari uchun o‘quv jarayonlari boshlandi.

Institut direktori siyosiy fanlari doktori, professor Aktam Tashnazarovich tinglovchilarni o‘quvlar boshlanganligi bilan tabriklab, 4 oy davomida tinglovchilar o‘zlari istagan maqsadlariga yetishlari uchun mehnat qilishlari lozimligi bu jarayonda institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ko‘makka tayyor ekanliklarini aytib o‘tdilar.

Institut rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarga institutning asosiy faoliyat turlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Institut kafedra va bo‘limlarining maqsad va vazifalari tanishtirildi.

Fikr bildirish