Joriy yilning 15-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2021-2022 o’quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursi tinglovchilari bilan O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rais o’rinbosari Sherzod Olimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Seminar tarzida tashkil etilgan suhbatda yoshlar bilan ishlash, muloqot jarayonlarini amalga oshirish, faoliyatni to’g’ri tashkil etish yo’llari va boshqa motivatsion jarayonlar to’g’risida gapirildi.
Shuningdek, suhbat davomida Sherzod Olimovning yoshlar tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlarni ish faoliyatini samarali tashkil etish, kasbiy faoliyat va shaxsiy hayotni muvofiq ravishda olib borish orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yakunda ushbu muloqotda faol ishtirok etgan tinglovchilar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.