Joriy yilning 1-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari uchun yurtimizda bir nechta muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov bilan davra suhbati tashkil etildi.

23 yoshida tadbirkorlikka qadam qo’ygan Murod Nazarov tomonidan Istiqbolli kadrlarga tadbirkorlik faoliyati, ushbu faoliyatda brendni shakllantirish hamda loyiha strategiyasini ishlab chiqishning afzalliklari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berildi. Davra suhbatidan tinglovchilar o’zlari uchun kerakli va foydali ma’lumotlarni olishdi hamda suhbat savol-javob tarzida olib borildi.

Fikr bildirish