Bugungi kunda istiqbolli kadrlarni tayyorlash jarayonida mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda xorij davlatlarida bu borada amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishish hamda o’zaro tajriba almashish muhim sanaladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari uchun Toyota Tsusho korporatsiyasining Toshkent aloqa boshqarmasi boshlig‘i Nozimjon Xujayev bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida tinglovchilarga Toyota korporatsiyasi hamda Yaponiya davlatining iqtisodiy salohiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi. N.Xo’jayev tomonidan tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.