Mamlakatimizda yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, har bir sohada yetuk va salohiyatli yosh shijoatli kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu holat Davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi ham bejizga emas. Har bir vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari o’z jamoasidagi yosh kadrlarni zamon talablari mos ravishda yetarli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari uchun ularni malaka oshirish kurslariga jalb etishmoqda.

Joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida «O’ZBEKNEFTGAZ» AJ tizimida faoliyat yurituvchi yoshlar bilan ishlovchi boshlang’ich tashkilot yetakchilariga qisqa muddatli malaka oshirish kursini tugallaganligi to’g’risida sertifikat «O’ZBEKNEFTGAZ» AJ binosida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Institut hamda «O’ZBEKNEFTGAZ» AJ rahbariyati va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.