Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, Qozog’istonda mamlakatdan yoshlarning chiqib ketishini oldini olish, shuningdek, ularni qo’llab-quvvatlash va rivojlanishlariga ko’mak berish maqsadida axborot, uslubiy, konsalting qo’llab-quvvatlashni va monitoringni amalga oshiruvchi Yoshlar resurs markazlari faoliyatiga urg’u berilgan.
2020 yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar 11,4 ming yosh mutaxassislar mamlakatni tark etgan, jumladan, chiqib ketganlarning asosiy qismi texnika (3,3 ming), iqtisod (1,7 ming) va pedagogika (1 ming) sohalari mutaxassislaridir.
Qozog’istonda mamlakatdan ketuvchilar sonini qisqartirish va ketganlarni qaytarish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda. Bu yerda asosiy urg’u ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilib, mamlakatning oliy ta’lim dargohlarini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish, nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari darajasiga olib chiqish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.