2021-yil 22-iyun kuni “Yoshlar Press klubi»da 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligi direktori – Sa’dullaev Alisher Zafarovich, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori siyosiy fanlar doktori professor Jalilov Aktam Tashnazarovich hamda boshqa tashkilot va idora vakillari ishtirok etdi. Ustozlar tinglovchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilagan holda xalq xizmatiga doimi shay turishlari kerakligini ta’kidlashdi.