2020-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar forumida xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan toʻlab berilishini maʼlum qilgan edi. 1-maydan ushbu tizim yoʻlga qoʻyildi va bugunga qadar IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE kabi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan 290 nafar yoshlarning xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to’lab berildi. Bu qariyb 523,5 mln so’mni tashkil etadi.

Fikr bildirish