Joriy yil 7-11-iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti va BMT aholishunoslik jamg’armasining (UNFPA) O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Demografik imkoniyatlar: baholash, chaqiriq va istiqbollar” mavzusidagi yozgi maktabni tashkil qildi. Yozgi maktabda demografiya sohasi yo’nalishidagi yetakchi olim, professor va xalqaro darajadagi ekspertlar dars o’tishdi. Mazkur “yozgi maktab” o’quv-seminar treningida Institut doktorantlari ham ishtirok etishdi.

 

Fikr bildirish