Institut tomonidan “Mantiqiy tafakkur va emosional intellekt psixodiagnostikasi” uslubiy qo‘llanma chop etildi. Qo‘llanmada mantiqiy tafakkur va emosional intellekt psixodiagnostikasiga doir ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, yosh istiqbolli kadrlar, boshqaruv tizimi xodimlari hamda davlat xizmatchilarida mantiqiy tafakkur va emosional intellekt xususiyatlarini tashxis etishga mo‘ljallangan metodikalarni milliy muhitga moslashtirish, standartlashtirish jarayoni batafsil bayon etilgan bo‘lib, ularning ishonchliligi, validligi bo‘yicha tegishli xulosalar berilgan.