Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2020-2021 oʻquv yili 4 oylik qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqish uchun tanlov eʼlon qiladi.
4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, oliy ma’lumotli va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislari hujjat topshirishlari mumkin.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2021-yil 30-yanvariga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;
2. Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
3. Soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);
4. Oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);
5. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji 2 yilga toʻlgan boʻlishi lozim);
6. 3,5 x 4,5 sm. oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat;
7. Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi.
Hujjatlarga nomzodning ish faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishilgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Qabul toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining www.yomi.uz saytidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlaridan olishingiz mumkin.
Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari (kirill yozuvida) quyidagi fanlar dasturlariga muvofiq tuziladi:
– Huquqshunoslik asoslari
Yuklab olish
– Iqtisodiyot nazariyasi
Yuklab olish
– Oʻzbekiston tarixi
Yuklab olish
Murojaat uchun telefonlar: +99871 232-61-31.
Alimova Nargiza Abdirahimovna
08.01.2021 at 17:44Assalomu alaykum hurmatli tashkilotchilar bu o’qituvchilar magistrantlar ham o’qishi mumkinmi?O’qish masofaviymi yoki an’anaviymi?
Eshmamatova Mahliyo
11.01.2021 at 13:437 yillik ish stajim bor ona tili va adabiyot mutaxasisligim hujjat topshirsam bo’ladimi?
Azimov Fazliddin
18.01.2021 at 16:16Tugallanmagan oliyman sirtqi ta’limda bu yil 3-kursda o’qiyman 2 yil raxbarlik lavozimlarida ishlaganman. Shu insitutga juda qiziqyabman topshirishni iloji bormi
Berdiboyev islom
18.01.2021 at 22:50Men tadbirkor bolmoqchiman, malumotim o’rta
But yildan owiq stajim bor
Iltimos menga ham yordam qiling
Shaydullayev Ulug'bek Eshkuvatovich
22.01.2021 at 09:57Assalomu alaykum.Uzr yoshim 34 da.mutaxassisligim tarix va ingliz tili.Men ham topshirsam bo’ladimi. yoki navbatdagi boshqa tanlovga qatnashishim mumkinmi
Нуримметов Умарбай Матсафаевич
30.01.2021 at 09:44Ассалому алайкум,мен Нуримметов Умарбай Матсафаевич Амударё тумани, Холимбек овулиданман,Ёшлар муаммоларин Ургант,истикболли кадрларни тайёрлашга факт олий маълумотли,2 йил стажга эга шахслар шундог хам уз йулини топиб олганлардир.Сиз коллежни битказиб,ишсиз юрган ёшларни кайта тайёрлашни маслахат берган булардим.
Ismayilov Sarvarbek Ibrayimovich
04.04.2021 at 08:48Salom ! Men UrDU ning kasb ta’limi ( buxgalteriya va audit) yo’nalishini tugatganman. «Informatika»yonalishida 4 oylik qayta tayyorlashda o’qimoqchiman va qabul qachon boshlanadi? Internet orqali (elektron tarzida) xujjat topshirsam bo’ladimi?
Худайбердина Турсуной Ибодуллайвна
08.04.2021 at 07:39Ёшим 40 да СамДАКИни тугатганман ишсизман кайта тайорловда укий лламанми?
Shermatova Sarvinoz Bobonazar qizi.
17.06.2021 at 19:10Assalom Alaykum Men QarDU Kasbiy talim «Energetika» yunalishini tamomlaganman. Men qayta tayyorlovga (Matimatika) yunalishiga 4oylik kursga topshirmoqchidim. Qabul qachon boshlanadi? Hujjatlarni onlayin tarzda topshirsam buladimi ?
supper-admin
25.06.2021 at 13:12avloniy.uz – A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rasmiy sayti
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov – telegram
https://t.me/avloniyuz – kanali