Joriy yilning 14-15 iyun kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan “Yoshlar ijod saroyi”da “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi: mavjud vaziyat va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi tashkil etildi.


Konferensiya 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli Farmoyishida tasdiqlangan “2019 yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, dunyo mamlakatlari tajribasini inobatga olgan holda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda lozim bo‘lgan vazifalar, yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, ularning bandligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

 

Konferensiya O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirish mexanizmlari, yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish ko‘nikmasi, yoshlarning bugungi kunda har tomonlama: ham huquqiy, ham iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, yosh rahbar kadrlarni tanlash, ularning salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, yosh rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirishda rahbar qiyofasi omili, rahbar shaxsiga quyiladigan psixologik talablar xususida ma’ruza qilindi.

Fikr bildirish