O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2019 yil 19 martda bo‘lib o‘tgan videoselektorda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish masalalari biz uchun dolzarb ekanligi haqida ta’kidlab o‘tildi. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlarni bartaraf etishda yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish orqali erishish mumkinligi aytib o‘tildi.

Shu munosabat bilan 5 ta muhim tashabbus doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, #5TashabbusUchtepa#чточитаешь xesh tegi ostida

birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti “Strategik boshqaruv” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan teatr truppasi o‘z faoliyatini boshladi va 2019 yilning 22 may kuni Uchtepa tumanida joylashgan Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi 6- va 7- sinflar o‘rtasida “Yoshlar” teatr truppasi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari namoyish etildi.









O‘quvchilar tomonidan bu asar katta qiziqish bilan kutib olindi.

Teatr truppamizning eng yosh aktyori shu maktabning 6 -“D” sinf o‘quvchisi Orifjonov Yaxyo bo‘ldi, u asar qahramonlaridan biri geografning rolini qoyilmaqom ijro etdi.



Spektakl yakunida esa o‘quvchilar tomonidan maktabda ham teatr truppasini tashkil qilish va unda adabiyotga qiziqadigan yoshlarni ssenarist sifatida qabul qilishlari haqidagi fikrlar bildirildi. Shuningdek, tadbir yakunida Institut tinglovchilarining tashabbusi bilan maktab kutubxonasiga #kitobulash aksiyasi doirasida 40 nomdagi badiiy kitoblar topshirildi.


Fikr bildirish