O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti to‘rt oylik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun 2019 yil 30 aprel “Taraqqiyot strategiyasi” markazi loyiha rahbari Sh.Irgashev (5-yo‘nalish) hamda loyiha koordinatori B.G‘afurjanovlar tomonidan “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
2017-2021 – yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, “Tashkent low spring” Xalqaro yuridik forumining ahamiyati yoritib berildi. Shu bilan birga, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili Davlat dasturi doirasida mamlakatda davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir yondashuvlarning prognozlari yuzasidan fikr yuritildi.