O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoq Markaziy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan 58 nafar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari 2019 yilning aprel oyi davomida “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarida boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish” bo‘yicha 1 oylik malaka oshirish kursida o‘qishdi va o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi. Joriy yilning 27 aprel kuni bitiruvchilarga Institut tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.
Mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiya va qat’iy e’tiqodiga ega bo‘lgan, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilanish jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini oshirish maqsadida Akademiya hamda Institutning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan Boshqaruv psixologiyasi va sotsiologiyasi, muloqot psixologiyasi, boshqaruvda liderlik va yoshlar psixologiyasi, yoshlarga oid davlat siyosati, inson resurslarini boshqarish va davlatning iqtisodiy siyosati fanlaridan mashg‘ulotlar olib borildi.