Dasturga qo‘yiladigan talablar

1. Dasturning kodi: Visual C#.
2. Ma’lumotlar bazasi: MSSQL.
3. Dastur Offline yoki Online ko‘rinishida bo‘lib, ichki tarmoqda bir nechta foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida foydalana olishi kerak.
4. Dastur yuqori darajadagi himoya tizimiga ega bo‘lishi kerak.
5. Dasturda foydalanuvchilarga ish oynasini yaratish va ularga admin xohlagan tartibda foydalanish funksiyalarini berish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
6. Dasturga savollarni kiritishni quydagicha shakllantirilishi kerak:
a) Savollarni 3 tilda (O‘zbek, Rus va Ingliz) kiritish imkoniyati mavjud.
b) Savollar guruhlarga ajratilgan tartibda kiritiladi.
c) Savollarning javoblar soni 15 tagacha bo‘lishi mumkin, shu sababli dasturda javoblar sonini qo‘shish va o‘chirish imkoniyati mavjud.
d) Dasturga savollarni Word shablondan “Import” qilish va savollarni Word ga “Eksport” qilish imkoniyatlari mavjud.
7. Dasturga kiritilgan savollarni tayyor kitobcha shakliga keltirish quyidagicha bo‘lishi kerak:
a) Kitobchani tashqi ko‘rinishini o‘zgartira olish imkoniyati yaratilgan.
b) Kitobchadagi savollarni bir yoki bir nechta guruhlardan olish imkoniyati mavjud.
c) Yaratilgan kitobchaga cheklanmagan miqdorda javoblar varaqasini yaratish imkoniyati mavjud.
8. So‘rovnoma natijalari belgilangan javoblar varaqasidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish quyidagicha bo‘lishi kerak:
a) Javoblar varaqasini dasturga to‘g‘ridan to‘g‘ri skanerdan yoki skaner qilingan rasmlardan kiritish imkoniyati mavjud.
b) Skaner qilingan rasmdan o‘qilgan javoblar va rasmning ko‘rinishi foydalanuvchi oynasida shakllanishi va foydalanuvchi tekshiruvidan o‘tgandan keyin dasturga kiritish imkoniyati mavjud.
c) Dasturga kiritilgan javoblarni o‘chirish imkoniyati yaratilgan.
9.Natijalarni foydalanuvchi belgilab bergan tartibda tahlil qilish va hisobot ko‘rinishida chop etish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Fikr bildirish