O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish hamda istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3206-sonli qaroriga binoan, yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, ularni malakasini oshirish, yoshlarning turli muammolarini o‘rganish, bu borada tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqish hamda mazkur yo‘nalishda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiya va o‘quv darsliklar tayyorlash institutning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Institutning kafedralari tomonidan quyidagi nomlanishda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi:
Yoshlar yetakchilari uchun liderlik psixologiyasi
Yoshlar tadbirkorligida biznes-muloqot sirlari
Yoshlar tashkilotlarida korporativ madaniyat
Yoshlar bilan ishlash jarayonida nizolarni boshqarish