2026 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vakillari Bryussel shahrida Yevropa yoshlar forumi (European Youth Forum) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Milliy yoshlar indeksi — xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab boshqaruv vertikalining barcha bo‘g‘inlarida yoshlar siyosati ijrosini aks ettiruvchi butunlay yangi tizim – “Milliy yoshlar indeksi”ni yuritish joriy etila boshlandi.
Bu amaliyot rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilib kelinayotgan bo‘lib, ushbu ilg‘or yutuqlarni O‘zbekistonga olib kirish va xalqaro tajribalarni mamlakatimizda qo‘llash maqsadida Yevropa yoshlar forumi bilan mazkur indeksni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishildi.

Uchrashuvda mazkur xalqaro hamkorlik va indeks metodologiyasini ishlab chiqish jarayoniga alohida professional urg‘u berildi. Bryusseldagi muzokaralarda ishtirok etgan rasmiy ishchi guruh tarkibida Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Direktor o‘rinbosari, dotsent Yunusov Alisher Bobomuradovich bevosita qatnashdi va tizimni joriy etishning ilmiy-amaliy jihatlarini muhokama qildi.

Tomonlar indeks tizimini mukammal shakllantirish va xalqaro andozalarga moslashtirish bo‘yicha tizimli sheriklikni boshlab yubordilar.
