Imtihonlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan mezonlar asosida tashkil etildi. Kirish imtihonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik hamda teng imkoniyat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda 100 ballik baholash tizimi asosida ikki bosqichda o‘tkazildi.

Birinchi bosqichda talabgorlarning mutaxassislik fanlari bo‘yicha nazariy tayyorgarligi, ilmiy dunyoqarashi, tahliliy va mustaqil fikrlash qobiliyati og‘zaki suhbat asosida baholandi.
Ikkinchi bosqichda izlanuvchilar dissertatsiya loyihalari va tadqiqot rejalarini taqdim etib, ekspertlar huzurida himoya qildilar.

Ular ilmiy dolzarblik, yangilik, amaliy ahamiyat hamda tadqiqot salohiyati asosida kompleks baholandi. Baholashda tanlangan mavzularning yoshlar muammolarini o‘rganish va mazkur sohani rivojlantirishdagi ahamiyati asosiy mezon sifatida inobatga olindi.
Jarayon akademik halollik, xolislik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirildi.


